
Xabaringiz bor bugun O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2022 saralash guruh bosqich 4-turi doirasida safarda Singapurga qarshi bahs olib bordi va 3:1 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Ushbu bahsda “Rostov” hujumchisi Eldor Shomurodov dubl qayd etdi. Shu tariqa u O‘zbekiston terma jamoasi va “Rostov”da so‘nggi 6 ta o‘yindan buyon ketma-ket gol urmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Shomurodov joriy mavsum Rossiya premer-ligasida hozircha 10 ta gol bilan to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilishmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar