Rossiya chempionati 13-turidan o‘rin olgan “Zenit” – “Rostov” bahsidan (6:1) keyin mehmonlar ustozi Valeriy Karpin o‘z fikrlarini bildirdi.
“Nega ilk taymda juda sust harakat qildik? Albatta, men uchun buning sababi ma’lum. Jamoaning yarmi terma jamoa yig‘inlaridan qaytib kelishdi. Na hujum, na himoyada, hech qayerda tayyor emas edik. Biz uchun yaxshigina dars bo‘ldi. Bu esa bizning foydamizga ishlaydi degan umiddaman. Agar o‘yinlarga bugungidek yondashsak, bu kabi hisoblar qayd etilaveradi.
Mashg‘ulotlarga qarab shunday natija bo‘lishini kutsa bo‘larmidi? Yo‘q, albatta. Buni qanday taxmin qilish mumkin. Garchand, yana 3ta to‘p o‘tkazib yuborganimizga qaramasdan, ikkinchi taym menga ko‘proq yoqdi. Tanaffusdan so‘ng, hech bo‘lmasa qarshi hujumlar tashkil etdik. Ilk bo‘limda esa, go‘yoki, bolalar va o‘smirlar maktabi tarbiyalanuvchilari erkaklarga qarshi o‘ynagandek taasurot qoldirdi”, – deya qayd etgan Karpin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»