1 773
Dostonbek Hamdamov: Faoliyatimda birinchi marta chempionga aylandim. Endi esa kubokka ega chiqishni xohlayman
"Paxtakor" safida oxirgi 5 uchrashuvda raqiblar darvozasini ketma-ket ishg‘ol qilgan Dostonbek Hamdamov klub matbuot xizmatiga final arafasida fikrlari bilan bo‘lishdi.
- O‘yinga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘ryapmiz va finalning tezroq boshlanishini kutmoqdamiz. Xudo xohlasa, uning samarasini 26 oktyabr kuni barcha ko‘radi.
AGMK kuchli raqiblardan biri. Ular ham finalda bor kuchini berib harakat qilishiga shubha yo‘q. AGMK o‘tgan yili kubokni qo‘lga kiritgan, raqibni hurmat qilgan holda maydonga tushamiz.
Faoliyatimda birinchi marta chempionga aylandim. Endi esa nasib qilsa, ilk bor O‘zbekiston Kubogiga ega chiqishni xohlayman.
Har o‘yindan oldin o‘zim uchun maqsad qilaman, gol urish kerak yoki golli uzatma berish orqali jamoaga yordam berish. Finalda ham jamoamga qo‘limdan kelgancha foydali bo‘lishga intilaman, - dedi futbolchi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi