Xabaringiz bor ertaga “Paxtakor” va AGMK jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bugun final oldidan har ikkala jamoa murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumanining birinchi qismida "sherlar" ustozi Shota Arveladze ishtirok etdi va o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
-Birinchi navbatda noodatiy tarzda tashkil etilgan matbuot anjumani uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman.
Yigitlarga rahmat aytmoqchiman, ular allaqachon chempionlardir! Muxlislarga esa alohida rahmat aytaman. Ular bizni mavsum davomida hamma joyda qo‘llab-quvvatlashdi.
O‘tgan mavsum biz AGMKga finalda yutqazgan edik. Biz bu safar biz revansh olishimiz kerak.
Aytishim mumkinki ertangi o‘yinda bizga ham, raqibga ham qiyin bo‘ladi. “Paxtakor” hujumkor futbol ko‘rsatadi, muxlislarimiz ham bizdan shunday futbol kutishadi. Ammo, hammasini ertaga maydonda ko‘ramiz.
O‘yinning poytaxtda yoki viloyatda o‘tkazilishi u qadar muhim ahamiyatga ega emas. Muhimi futbol o‘ynash uchun maydonning ajoyib holatda bo‘lishi, stadion muxlislar bilan to‘lishi va ajoyib atmosfera bo‘lishidadir.
Ertaga jangovor tarkibda maydonga tushamiz. Yosh futbolchilarga esa imkoniyat bo‘lsa, vaziyatga qarab maydonga tushiramiz.
Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” – AGMK uchrashuvi ertaga Toshkentdagi “Lokomotiv” stadionida soat 17:00da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi