
Bavariya” klubi bosh murabbiyi Niko Kovach o‘z lavozimidan iste’foga chiqarildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra xorvatiyalik mutaxassisning iste’fosiga sabab sifatida Bundesliganing 10-turida “Ayntraxt”ga qarshi o‘yinda 5:1 hisobida uchralgan mag‘lubiyat ko‘rsatilgan. Aytish kerakki, myunxenliklar ayni damda musobaqa jadvalida 4-o‘rinda borishmoqda.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda jamoaga Xans Flik vaqtincha bosh murabbiy etib tayinlangan. Ta’kidlash lozimki, Flik bungacha Kovachga assistentlik qilib kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, 48 yoshli Kovach “Bavariya”ni 2018 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uning boshqaruvida jamoa o‘tgan mavsum Germaniya Bundesligasi, Kubogi va Superkubogida g‘alaba qozongan edi.
BavariyaNiko KovachIste'foBosh MurabbiyBundesligaMusobaqa Jadvali O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar