JCh-2022 saralashi doirasidagi O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Erve Renar o‘z fikrlarini bildirdi.
Kecha ta’kidlaganimdek juda qiyin o‘yin bo‘ldi. Ikkinchi taymda darvozamizga qo‘yilgan penalti bizni qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Xursand bo‘lgan jihati esa shogirdlarim shunday qiyin vaziyatdan chiqib ketishdi. Bugungi ajoyib o‘yin uchun O‘zbekiston terma jamoasini tabkrilamoqchiman. O‘z jamoamni ham tabriкlamoqchiman, ikki oy ichida ajoyib jamoa tuza oldik", - deydi Renar.
- Bugun Saudiya Arabistoni omad tufayli g‘alaba qozondi desak bo‘ladimi?
- Bugun omad tufayli emas, futbolchilarning individual mahorati tufayli g‘alaba qozondik.
- Siz kelgach Saudiya Arabistoni ligasidagi legionerlar limitini kamaytirishga intilayapsiz. Hozir 6ta legioner ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin, keyingi yil buni 4ta qilishni istayapsiz. Nima deb o‘ylaysiz Saudiya Arabistoni ligasi bunga rozi bo‘larmikin?
- Bu Saudiya Arabistoni ligasida mavjud bo‘lgan qoida. Mahalliy iqtidorli futbolchilar yetarlicha. "Al Hilol" yaqinda OChL finalida o‘ynadi. Legionerlar limitini o‘zgartirish meni ishim emas, mening eng asosiy ishim terma jamoa bilan bog‘liq. Hozir biz birinchi o‘rindamiz va mana shu o‘rinni saqlab qolishga intilamiz.
- Saudiya Arabistoni o‘yinga 4 kun qolganida yig‘ildi va safarda g‘alaba qozonib ketdi. 4 kun ichida nima qildingizu jamoaingiz g‘alabaga erishdi?
- To‘g‘ri 4 kun oldin yig‘ildik, ammo 3 oydan buyon ishlayapmiz. Terma jamoamizning eng asosiy vazifamiz ikkinchi bosqichga chiqish. Undan keyingi vazifamiz esa Jahon chempionatiga yo‘llanma olish. Bugun 20 yoshli Firas Al Buraykan shuncha muxlis qarshisida yaxshi o‘ynadi.
- Ikkala jamoa ham iqtidorli futbolchilardan iborat. Ammo ba’zida futbolda tushuntira olmaydigan ishlar bo‘ladi. Bugun g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq tufayli g‘alaba qozona oldik. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Global Janub kimniki?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi