00:22 / 18.11.2019
4 253

Maksim Shatskix O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga murojaat qildi

Maksim Shatskix O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga murojaat qildi
O‘zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Maksim Shatskix milliy jamoa a’zolariga murojaat qildi.
Terma jamoa safida 34ta gol urib eng yaxshi to‘purar bo‘lib turgan Maksim Saudiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng yigitlarni qo‘llab-quvvatladi.

Uning fikrlarini dastlab rus tilida so‘ngra o‘zbek tilida taqdim etamiz.
"Parni xotelos bы dat vam paru naputstvennыx slov! Futbol eto vsego lish Igra, ne bolshe ne menshe! Vsegda kto-to vыigrыvayet, kto-to proigrыvayet, no samoye glavnoye vsegda verit v sebya, v svoi silы i v partnyora kotorыy ryadom s vami na futbolnom pole! I kogda yest odin shans iz tыsyachi, yego nujno ispolzovat, no tolko togda, kogda vы v eto poverite, a mы vsey stranoy budem bolet i derjat kulaki za vas! Udachi nam vsem, a Udacha lyubit silnыx!!!"
Maksim Shatskix

"Yigitlar sizlarga omad tilamoqchiman! Futbol bu oddiygina O‘yin, undan ko‘p ham emas, kam ham! Unda kimdir yutadi, kimdir yutqazadi, eng asosiysi har doim o‘zingga, o‘z kuchingga va maydondagi sherigingga bo‘lgan ishonchni saqlab qolish. Kichkinagina imkoniyat qolgan bo‘lsa ham undan foydalanish kerak. Bunga ishonish lozim. Biz esa butun xalqimiz bilan birgalikda sizlarga muxlislik qilamiz va qo‘llab-quvvatlaymiz! Barchamizga omad yor bo‘lsin, omad esa kuchlilarni sevadi!!!", - deydi Maksim Shatskix.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maksim Shatskix O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga murojaat qildi