Ertaga "Paxtakor" markaziy stadionida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan O‘zbekiston va Falastin uchrashuvidan oldin, futbolchilarning jismoniy holati borasidagi savollarga javob izlash maqsadida murabbiy Mirko Yelichiga yuzlandik.
- Saudiya Arabistoni bilan o‘yindan so‘ng futbolchilarni jismonan hamda ruhan tiklash va navbatdagi bahsga tayyorlash jarayoni qiyin bo‘lmadimi?
- Hammasi yaxshi. Keyingi o‘yinga vaqt kamligi bois, asosan futbolchilarni kayfiyatini ko‘tarishga e’tibor berdik. Shuningdek, avvalgi o‘yindagi yo‘l qo‘yilgan xatolar ustida ishladik. Raqibni ham o‘rgandik, ularga qarshi qanday o‘ynash kerakligini aytdik. Kuchli va kuchsiz tomonlarini ko‘rib chiqdik. Endi nima bo‘lishini ertaga ko‘ramiz.
- Falastinning Yamanga qarshi o‘yinini ko‘rib, kuzatilgani aniq. Raqib haqida yana nima deya olasiz?
- Raqibimiz o‘yinni yaxshi tashkil qila oladi. Jamoaviy o‘yin maromida yo‘lga qo‘yilgan. Garchi, yutqazishgan bo‘lsada pozitiv kayfiyatda kelishdi deb o‘ylayman. Kurashuvchanlik va yuqori kuch evaziga to‘p tepishadi.
- Biz ham, raqib ham oldingi turda mag‘lubiyatga uchradi. Demak, ular boshqacha tayyorgarlik bilan maydonga tushishadi...
- Ha. Dastlabki daqiqalarda ular tartibli futbol o‘ynashlari mumkin. O‘yinga va maydonga moslashib olishgach biroz oldinga o‘tishadi va ochilishadi. Bor gap shu.
- Futbolchilar o‘yinga jismonan shay holatdami? Aksariyat o‘yinchilar bu yil juda ko‘p uchrashuv o‘tkazishdi va ko‘p kuch sarflashdi...
- To‘g‘ri, ustiga-ustak mavsum yakuni ekanligini inobatga olish darkor. Ayrim yigitlar mavsum bo‘yi dam olishmadi. Buni ham bir fakt sifatida qabul qilsa bo‘ladi. Ammo, savolingizga aniq javob bera olmayman. Qolganini vaqt ko‘rsatadi.
Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi