14:30 / 19.11.2019
3 325

Bahorgacha peshqadamlik imkoniyati. Osiyoda bugun qanday oʻyinlar oʻtkaziladi?

Bahorgacha peshqadamlik imkoniyati. Osiyoda bugun qanday oʻyinlar oʻtkaziladi?
Bugun, 19-noyabr kuni Osiyo boʻylab JCH-2022ning saralash bosqichi doirasidagi 6-tur uchrashuvlari oʻtkaziladi.

Ikkinchi davraning dastlabki turi barcha guruhlardagi peshqadamlik va 2-oʻrin uchun kurash olib borayotgan terma jamoalar uchun juda muhim.

“A” guruhida yaqqol peshqadam boʻlib olgan Suriya terma jamoasi bugun Filippin terma jamoasi ustidan gʻalabaga erishib, ochkolar sonini 15 taga yetkazsa, amalda hal qiluvchi bosqich bahslariga yoʻllanma olishi mumkin.

“D” guruhidagi Oʻzbekiston terma jamoasi ham Falastin bilan oʻyinda gʻalaba qozonsa, kamida bahorgacha guruh peshqadami sifatida qoladi.

“F” guruhida Markaziy Osiyo derbisi kuzatiladi. Qoʻshni mamlakatlar – Qirgʻiziston hamda Tojikiston oʻzaro Bishkekda uchrashishadi. Ikki jamoa uchun ham muhim boʻlgan oʻyinda guruhda 2-oʻrin masalasiga oydinlik kiritilsa, ajabmas.

Ushbu turda Xitoy, Avstraliya, Eron, Saudiya Arabistoni, Yaponiya, BAA va Janubiy Koreya singari kuchli terma jamoalar dam olishadi.

JCH-2022. Saralash. Osiyo. 6-tur.
19-noyabr (seshanba)

“A” guruhi
16:00. Maldiv – Guam
19:00. Suriya – Filippin

“B” guruhi
14:00. Nepal – Kuvayt
21:00. Iordaniya – Xitoy Taypeyi

“C” guruhi
17:00. Gonkong – Kambodja
19:00. Iroq – Bahrayn

“D” guruhi
17:00. Oʻzbekiston – Falastin
20:00. Yaman – Singapur

“E” guruhi
19:00. Afgʻoniston – Qatar
20:00. Ummon – Hindiston

“F” guruhi
17:00. Myanma – Moʻgʻuliston
19:00. Qirgʻiziston - Tojikiston

“G” guruhi
17:45. Malayziya – Indoneziya
18:00. Vyetnam – Tailand

“H” guruhi
16:00. Turkmaniston – Shri-Lanka
22:00. Livan – Shimoliy Koreya

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahorgacha peshqadamlik imkoniyati. Osiyoda bugun qanday oʻyinlar oʻtkaziladi?