JCh-2022 saralashi doirasidagi O‘zbekiston - Falastin uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Nuriddin Oul Ali ishtirok etdi.
"Birinchi navbatda O‘zbekiston terma jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Raqib jamoaviy o‘yin evaziga g‘olib bo‘ldi. Bizda ko‘plab futbolchilar jarohat olishgan va ularning o‘rnida harakat qilgan o‘yinchilar o‘z darajalarida o‘ynay olishmadi", - dedi bosh murabbiy.
- Falastin terma jamoasi bugun o‘z darajasidan past o‘ynadimi yoki O‘zbekiston birinchi turdagi o‘yinga qaraganda o‘sishga erishganmi?
- 1-turda o‘ynagan ba’zi yetakchilar o‘ynay olishmadi. O‘shalarning o‘rni bilindi.
- So‘nggi 10 daqiqada Falastin hujumkorlikni oshirdi. Bu taktika edimi yoki O‘zbekiston passiv o‘ynadi deb o‘ylaysizmi?
- Oxirgi 10 daqiqada mezbonlar 2:0 hisobida oldinda edi va tabiiyki hujumga o‘tishimiz kerak edi. Bundan tashqari yarim himoyachi o‘rniga hujumchini tushirdik. Bundan tashqari O‘zbekiston ham o‘yin tempini tushirishga urindi.
- O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni bilan o‘ynadinglar. Bu jamoalar o‘rtasidagi farqni ayta olasizmi?
- Ikkisi ham turli uslubdagi jamoalar. O‘zbekiston asosan qanotlardan o‘ynaydi va hujumchiga to‘p yetkazib beriladi. Saudiya Arabistoni esa markazdan o‘ynaydi va qisqa paslarga asoslangan.
- Jamoa bugun mag‘lub bo‘lib keyingi bosqchiga chiqish imkoniyatini deyarli yo‘qotdi. Bu futbolchilarga ruhiy tomonlama ta’sir qilmaydimi?
- Muvaffaqiyatning asosiy sababi qattiq mehnat. Keyingi o‘yinlarda bunga amal qilamiz. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi