
Foto: Goal
Futbol bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatining barcha ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi.
11—21 dekabr kunlari Qatarda bo‘lib o‘tadigan musobaqada yettita jamoa ishtirok etadi.
«Liverpul» (Angliya) — Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibi
«Flamengo» (Braziliya) — Libertadores Kubogi sohibi
«Monterrey» (Meksika) — KONKAKAF Chempionlar Ligasi g‘olibi
«Esperans» (Tunis) — Afrika Chempionlar Ligasi g‘olibi
«Iyengen Sport» (Yangi Kaledoniya) — Okeaniya Chempionlar Ligasi g‘olibi
«Al Hilol» (Saudiya Arabistoni) — Osiyo Chempionlar Ligasi g‘olibi
«As Sadd» (Qatar) — Qatar chempioni, mezbon jamoa
«Iyengen Sport» va «As Sadd» chorak final yo‘llanmasi uchun maydonga tushadi. Mazkur juftlik g‘olibi «Monterrey» bilan bahs yuritadi. Chorak final g‘olibi esa «Liverpul» bilan kuch sinashadi.
Yana bir ¼ final bahsi «Al Hilol» va «Esperans» o‘rtasida kechadi. Unda g‘olib chiqqan klub «Flamengo»ga qarshi o‘ynaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar