Bugun Oʻzbekiston Liga kubogi final bahsi boʻlib oʻtdi. Unda Toshkentning “Paxtakor” jamoasi Olmaliqning AGMK klubiga qarshi bahs olib bordi. Gollarga boy tarzda kechgan bellashuvda “sherlar” 6:2 hisobidagi yirik gʻalabani qoʻlga kiritdi.
Shu tariqa Shota Arveladze shogirdlari tarixda ilk bor oʻtkazilgan Liga kubogi musobaqasida gʻolib chiqib, bir mavsumda uchta sovrinni qoʻlga kiritgan dastlabki jamoaga aylandi.
Eslatib oʻtamiz, toshkentliklar bunga qadar Superliga va Oʻzbekiston kubogida ham zafar quchgan edilar.
Liga Kubogi, final
AGMK — “Paxtakor” 2:6
Gollar: Jasur Umarov (64), Murod Toshmatov (86) - Igor Sergeyev (5), Dragan Cheran (42, 67), Doston Hamdamov (50, 55), Xojiakbar Alijonov (78)
AGMK (5-4-1) — 32.Suhrob Sultonov - 23.Akmal Shorahmedov, 88.Igor Zonich, 33.Sardor Rahmonov, 44.Bobur Yoʻldoshev (18.Rasul Yoʻldoshev, 63), 20.Mirgʻiyoz Sulaymonov - 11.Zohir Pirimov, 3.Erkin Baydullayev, 30.Jasur Umarov - 7.Elguja Grigalashvili (17. Murod Toshmatov, 58) - 9.Zafar Polvonov (15.Jasur Hakimov).
Zaxira: 12.Roman Abdulov, 4.Mirjamol Qosimov, 5.Dilshod Joʻrayev, 8.Sanʼat Shixov, 77.Vladislav Kasminin, 99.Shahzod Nurmatov.
“Paxtakor” (4-2-3-1) — 35.Sanjar Quvvatov - 3.Xojiakbar Alijonov, 23.Sherzod Aʼzamov, 15.Yegor Krimes (55. Marko Simich, 78), 34.Farruh Sayfiyev - Humoyunmirzo Iminov, 27.Sardor Sobirxoʻjayev - 17.Doston Hamdamov (19.Shohruh Mahmudhojiyev, 78), 10.Dragan Cheran, 9.Jaloliddin Masharipov - 11.Igor Sergeyev (21. Marat Bikmayev, 70).
Zaxira: 25.Eldorbek Suyunov, 5.Alisher Salimov, 13.Ruslan Roziyev, 29.Vladimir Kozak, 43.Ibrohimhalil Yoʻldoshev, 77.Husniddin Gʻofurov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi