Foto: Getty Images
“Qayserispor” klubining eng taniqli futbolchisi Emmanuel Adebayor Turkiya jamoasini tark etganligini tasdiqladi. Bu haqda futbolchi “BBC”ga intervyu berdi.
35 yoshli togolik forvard Turkiya chempionatining 18-turidagi “Beshiktosh” - “Kayserisor” (4:1) oʻyinidagi magʻlubiyatdan keyin bu uchrashuv uning turk klubidagi soʻnggi bahsi boʻlganligini aytdi. Shu kuni u “Qayserispor”ning yagona goliga mualliflik qildi.
“Qayserispor”dagi faoliyatim men uchun qiyin kechdi. Uzoq oʻylab, klubni tark etishga qaror qildim. Bu faoliyatimdagi eng qiyin qarorlardan biri boʻldi. Jamoaga yangi tarix yaratish uchun katta maqsadlar bilan kelgandim. Ammo barchasi men oʻylagandek boʻlmadi. Oilam va hammasini oʻylab koʻrib, klubni tark etish va hayotda oldinga intilish kerak degan xulosaga keldim. Jamoani tark etsam-da, bu klub yuragimda qoladi. Turkiyada uch yilni yaxshi oʻtkazdim. Turkiya Superligasini Yevropaning eng yaxshi ligalari qatorida boʻlishini tilayman» - dedi Adebayor.
Taniqli futbolchining maʼlum qilishicha, u keyingi faoliyati borasida tez orada bir qarorga keladi. Shu bilan birga afrikalik forvard Turkiyaga yana qaytishi mumkinligini rad etmadi.
“Faoliyatimni yakunlash fikridan yiroqman. Shunchaki, hozircha barchasini unutib, uyga qaytishni va keyingi faoliyatim haqida oʻylab koʻrishni istayman. Turkiyaga yana qaytamanmi yoki yoʻq, buni vaqt koʻrsatadi. 1-2 hafta uyda, oilam, yaqinlarim davrasida boʻlganimdan soʻng, keyingi faoliyatim va klubim borasida bir qarorga kelaman” - deya fikr bildirgan Adebayor “BBC” muxbiri bilan suhbatda.
Maʼlumot uchun, Emmanuel Adebayor “Arsenal” (2005-2009), “Manchester Siti” (2009-2011), “Real” (2010-2011), “Tottenhem” (2011-2015) va “Kristal Pelas” (2015-2016) kabi klublarda toʻp surgan, 2017-yil yanvarida Turkiya chempionatiga yoʻl olgan edi. U uch mavsum “Istanbul” klubida oʻynagach, 2019-yil avgustida “Qaysarispor” safiga kelib qoʻshilgan va jamoa bilan bir yillik shartnoma imzolagandi.
“Qaysarispor” Turkiya Superligasi 13-turidan keyin turnir jadvalida bor yoʻgʻi bitta gʻalaba bilan soʻnggi 18-oʻrinni egallab turibdi.
Eslatib oʻtamiz, kuni kecha Turkiyaning “Milliyet” nashri Emmanuel Adebayorning “Paxtakor” safiga oʻtish masalasida Shota Arveladze bilan ogʻzaki kelishuvga erishgani haqida xabar bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...