Xitoylik milliarder «Atletiko»ning 20 foiz aksiyasini sotib oldi

Xitoylik milliarder, «Dalyan Vanda» investisiya kompaniyasi xo‘jayini - Van Szyanlin «Atletiko»ning 20 foiz aksiyasini 52 mln. dollar evaziga sotib oldi.
Kelishuv shartlariga ko‘ra, klub Xitoyda uchta futbol akademiyasi ochadi, bir nechta loyihalarga homiylik qiladi va bu yilda Xitoy bo‘ylab turne o‘tkazadi.
«Atletiko» va «Dalyan Vanda» birgalikda Madrid markazida 34 million dollarga yoshlar markazi tuzadi, shuningdek, Xitoyda o‘smirlari futbolini qo‘llaydi.
Bu loyihaga ko‘ra, 2017 yilda Ispaniyada kelajakka umid beradigan 180ta xitoylik o‘smir futbolchi tahsil ola boshlaydi.
Manba: www.Stadion.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing