Huvaydo Jumayeva: "Ayol o‘z-o‘zidan yomon yo‘lga kirmaydi"

Aktrisa Huvaydo Jumayeva “Chotki TV” loyihasidagi intervyusida ayol kishining hayotdagi ayrim vaziyatlar va e'tiborsizlik ta'sirida o'zgarib qolishi haqida fikr bildirdi. Uning ta'kidlashicha, ayol kishi o'z-o'zidan hech qachon yomon yo'lga kirib ketmaydi, balki uning xarakteri atrofidagilarning munosabati sabab o'zgaradi. Shuningdek, aktrisa ayollar farzandlari uchun mensimaslik va mehrsizlik kabi ko'plab og'ir sinovlarga chidashini qo'shimcha qildi.
Aktrisa Huvaydo Jumayeva “Chotki TV” loyihasidagi intervyusida ayol kishining hayotdagi ayrim vaziyatlar ta’sirida o‘zgarib qolishi haqida fikr bildirdi.
Aktrisaning aytishicha, ayol kishi o‘z-o‘zidan yomon bo‘lib qolmaydi. Uning fikricha, ayolning fe’l-atvori va hayotga munosabati atrofidagi insonlarning munosabati, mehr va e’tiborsizlik sabab o‘zgarishi mumkin.
«Ayol kishi bekorga yomon bo‘lib qolmas ekan. Uni yomon qilisharkan. Men hozir na turmush o‘rtog‘imdan, na atrofimdan rag‘bat, mehr va e’tibor ko‘rmayotgan ayolman. Men bularning hammasiga chidayman. Ayol kishi hammasiga ko‘nadi. Mensimaslikka ham, erining boshqasi bilan yurib ketishiga ham, hammasiga ko‘nib ketaveradi. “Farzandlarim tirik yetim bo‘lmasa bo‘ldi”, deydi. Ayol kishi, yana bir marta aytaman, o‘z-o‘zidan yomon bo‘lmaydi, o‘z-o‘zidan yomon yo‘lga kirib ketmaydi», — dedi Huvaydo Jumayeva.
Aktrisaning bu fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda ham turli munosabatlarga sabab bo‘ldi. Izohlarda ko‘plab foydalanuvchilar uning gaplarini qo‘llab-quvvatlab, ayolning hayotida mehr, e’tibor va oiladagi munosabat muhim o‘rin tutishini ta’kidlashgan.






























Izohlar 0
…