date

Sergeev va Shodiyevning gollari Osiyo Kubogi-2015ning eng chiroyli gollari qatoriga kirdi

Sergeev va Shodievning gollari Osiyo Kubogi-2015ning eng chiroyli gollari qatoriga kirdi

Futbol bo‘yicha 2015 yilgi Osiyo Kubogi tashkilotchilari musobaqa guruh bosqichining eng chiroyli gollari to‘plamini tayyorlashdi. Reyting ko‘rinishida emas, balki uchrashuvlar ketma-ketligi bo‘yicha saralangan gollar to‘plamini YouTube’da tomosha qilish mumkin.

Musobaqa tashkilotchilari “V” guruhi 1-turi doirasidagi O‘zbekiston – Shimoliy Koreya (1:0) uchrashuvida hujumchi Igor Sergeev, shuningdek, 3-turi doirasidagi O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni (3:1) uchrashuvida hujumchi Vohid Shodiev tomonidan urilgan gollar to‘plam uchun tanlab olishgan.

Qayd etish joiz, har ikkala holatda to‘p bosh bilan kiritilgan – Igor Sergeevning goliga milliy terma jamoa sardori Server Jeparov hammualliflik qilgan bo‘lsa, Shodievga to‘pni o‘ng qanot himoyachisi Shavkat Mullajonov etkazib bergan edi.

Manba: www.kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Sergeev va Shodiyevning gollari Osiyo Kubogi-2015ning eng chiroyli gollari qatoriga kirdi