PFL bosh direktorining sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi sahifasida yangi mavsum taqvimi muhokamada ekanligini bildirdi.
- PFL Superliganing 2020 yilgi taqvimini ishlab chiqqandi. Kecha — 27 dekabr kuni O‘FA rahbariyati hamda Terma jamoalar bo‘limi vakillari ishtirokida taqvim masalasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Taqvim masalasidagi uchrashuvning eng yoqimli tomoni — undagi tortishuvlardir. Qarama-qarshilik sog‘lom ruhda o‘tdi. Aziz Haydarov va Vadim Abramov o‘z pozitsiyasini himoya qildi, PFL esa o‘zinikini. O‘FA rahbariyati bunda bir taraf bo‘lmadi, ikki tomon asoslarini eshitdi. Fikrlar qarama-qarshiligi bilan kechgan uchrashuv yakunida bir to‘xtamga kelindi.
Biroq bu hali hammasi emas. PFL endilikda Chempionlar ligasida ishtirok etadigan klublar murabbiylari bilan stol atrofiga o‘tiradi va taqvimni himoya qiladi. Maqsad — 2020 yilgi mavsum davomida tur uchrashuvlarida o‘zgarishlar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Ayni vaqtda PFLni o‘ylantirayotgan faqat bir jihat bor. Bu haqda Tailandda o‘tadigan Osiyo chempionati U-23’dan keyin to‘xtalamiz, - dedi Diyor Imomxo‘jayev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi