
Xabaringiz bor, 8-26 yanvar kunlari Tailandda futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.
Mazkur qit’a birinchiligi Tokio-2020 Olimpiadasi uchun litsenziya taqdim etishi bilan ham ahamiyatlidir.
Qayd etish lozimki, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Tokiodagi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan har bir sportchi uchun 100 million so‘m taqdim etadi. Shu qatorda, agar terma jamoamiz a’zolari Olimpiadaga yo‘l ola bilishsa, har bir futbolchiga 100 million so‘m miqdorida mukofot puli taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Lyubinko Drulovich boshchiligidagi terma jamoamiz Osiyo chempionatidagi ilk o‘yinini 9 yanvar kuni Eronga qarshi o‘tkazadi. 12 yanvar kuni xitoyliklarga qarshi bahs bo‘lsa, 15 yanvarda Janubiy Koreya vakillari bilan bellashuv tashkil etiladi.
Manba: olamsport.com “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar