
PFL bosh direktorining sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi o‘zining sahifasida 2020 yilgi Superliga formati haqida ma’lumotlarni e’lon qildi.
"Superligada 14 ta klub ishtirok etadi. Ular 13 ta uy va 13 ta safar uchrashuvlarini o‘tkazadi.
Superligada so‘nggi o‘rinni egallagan klub quyi ligaga ravona bo‘ladi. 13-o‘rin sohibi esa o‘tish o‘yinida Pro-liganing ikkinchi jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. O‘tish uchrashuvi faqat bitta o‘yindan iborat bo‘lib, u Pro-liganing ikkinchi klubi maydonida bo‘lib o‘tadi", - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum faqatgina bir jamoa - Pro ligada g‘olib chiqqan "Mash’al" Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan va elitani bir jamoa tark etgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar