U-23 Osiyo chempionati 1-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi o‘yindan keyin terma jamoamiz bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich matbuot anjumanida o‘z fikrlarini bildirdi.
“Raqiblarimiz jismonan kuchli ekan. Lekin biz yaxshi o‘yin o‘tkazdik. G‘alabaga yaqinroq edik. Imkoniyatlardan foydalana olmadik. Keyingi uchrashuvlarda ochkolar o‘rnini to‘ldiramiz.
To‘g‘ri, Qodirqulov va Alijonov og‘ir mavsum o‘tkazishdi. Balki bugun ozgina o‘yinga kirisha olishmagan bo‘lsada, keyingi uchrashuvlarda ular o‘z darajasini ko‘rsata oladilar.
Eron 20 daqiqa yaxshi o‘ynadi. Biz esa qolgan daqiqalarda tashabbus bilan o‘ynadik. Golda oddiy xatoga yo‘l qo‘ydik. Oxirida esa biz bir nechta ajoyib imkoniyatlarda gol urolmadik. Mayli, biz ochko yo‘qotdik. Ammo ishonchimiz saqlanib qoldi.
Osiyo chempionatida g‘alaba qozonish qiyin, ayniqsa ketma-ket. Biz mana shu yo‘lni bosib o‘tmoqchimiz. Xitoy bilan uchrashuv biz uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. O‘ylaymanki biz uni o‘z darajamizda o‘tkazamiz.
Guruhimiz kuchli. Ochko yo‘qotishimiz mumkin emas. Janubiy Koreya favorit. Ammo biz keyingi o‘yinlarda faqat 3 ochko olamiz degan umidim bor.
Maydon markazida bizda yaxshi futbolchilar ko‘p. Sanjar va Sharof masalan milliy jamoada ham o‘ynagan. Men faqat o‘z qo‘l ostimda yig‘ilgan futbolchilar haqida gapira olaman. Bugun biz Tailandga olib kelgan 23 futbolchi mamlakatning eng yaxshi futbolchilari
Men tarkibda yo‘q o‘yinchilar haqida gapirishni istamasdim. Biz ayni vaqtda eng yaxshilarini jalb qildik. Markazda bizda kuchli o‘yinchilar yetarli. Albatta, men ham katta tanlov xohlayman, biroq bizda uchrashuvda 11+3 o‘yinchi ishlatish imkoni bor”, - dedi Lyubinko Drulovich.
Manba: ufa.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi