23:30 / 10.01.2020
3 664

«Nasaf»ni futbolchilar nega tark etmoqda? Jamoa bosh murabbiyi javob berdi

«Nasaf»ni futbolchilar nega tark etmoqda? Jamoa bosh murabbiyi javob berdi
So‘nggi vaqtlarda Qarshining “Nasaf” futbol klubining asosiy futbolchilari boshqa jamoalarga o‘tib ketmoqda. Bu esa jamoaga ko‘p yillik muxlislik qilgan fanatlarning e’tirozlariga ham sabab bo‘lmoqda.
Saytimizning Qashqadaryo viloyatidagi muxbiri Nomoz Choriyev jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyevga ayni kunlarda klubning ahvoli, futbolchilarning ketish sababi va boshqa savollar bilan yuzlandi.

- Shu paytga qadar “Nasaf” futbol klubini 6 kishi tark etdi. Ular ichida iste’dodli futbolchilarimiz ham bor. Qaysi futbolchi jamoada qolishini istagan bo‘lar edingiz?
– Albatta, klubimizni tark etgan futbolchilar borasida e’tirozlar bo‘ldi. Lekin ko‘p narsa murabbiyning qo‘lida emas. Agarda men hal qilolganimda hech bir futbolchini qo‘yib yubormagan bo‘lar edim. Har bir o‘yinchining o‘z o‘rni bor. Ular orasida Umar Eshmurodov va Humoyun Murtazoyevning jamoani tark etishi “Nasaf” uchun katta yo‘qotish bo‘ldi deb o‘ylayman.

- Nega futbolchilar jamoadan ketishmoqda?
- Buni tabiiy qabul qilish kerak. Qaysidir futbolchi bilan “Nasaf”ning tuzilgan shartnomasi bekor qilingan, yana qaysidiri jamoada o‘z o‘rnini topolmagan. Kimdirga boshqa jamoadan yaxshi taklif tushganki, bugun “Nasaf”dan boshqa jamoaga o‘tib ketishyapti. Futbolchilarning transfer narxlariga keladigan bo‘lsak, bu bilan klubning o‘zi shug‘ullanadi. Lekin ketganlarning ko‘p qismi erkin agent sifatida boshqa jamoaga o‘tdi.

- Jamoada kuchli o‘yinchilarni yo‘qotdi. Bu holat davom etadimi? Jamoani yana qaysi futbolchi tark etmoqchi?
– Qolgan futbolchilarimiz bilan shartnomalarimiz hali tugagani yo‘q. Agarda ularni boshqa jamoalar sotib olaman deb kelishuvlarimizga rozi bo‘lsa, boshqa jamoaga o‘tgan futbolchining transfer narxidan foydalanishimiz mumkin. Bunga to‘g‘ri qarash kerak. Chunki katta transferdan tushgan mablag‘lar evaziga jamoani yana rivojlantirish mumkin.

- Bilamizki, “Nasaf” futbolchilari orasida Aziz G‘aniyevning mavqei baland. Unga boshqa klublardan ham takliflar tushmoqda. Xorij futbol klublari futbolchiga qiziqish bildirishdimi?
- Aziz G‘aniyev haqiqatdan mahoratli futbolchi. Unga juda ko‘p futbol klublaridan takliflar tushadi. Hattoki Koreya va Turkiya futbol klublari G‘aniyevning transfer narxi bilan qiziqib ko‘rdi. Lekin ularning talablari bizni qoniqtirmadi.

- Doniyor Narzullayev jamoni tark etishini qanday qabul qildingiz?
- Buni Doniyorning o‘zi xohladi. Chunki u yetakchi o‘yinchi hisoblanmasdi. Shuning uchun boshqa jamoaga ketishni ma’qul ko‘rdi. Men o‘ylaymanki bu to‘g‘ri qaror. Chunki biz Doniyorni ketishini katta yo‘qotish deb hisoblamaymiz.

- Endilikda “Nasaf” tarkibini qanday kuchaytirmoqchisiz?
- Jamoamiz ko‘p o‘yinchilarni yo‘qotdi. Ularni to‘ldirish uchun malakali futbolchilar kerak bo‘ladi. Mening fikrimcha mahalliy o‘yinchilarni tarbiyalashga ancha vaqt ketadi. Biz “Nasaf”ga xorij futbolchilarini jalb qilishimiz kerak deb o‘ylayman.

Nomoz Choriyev suhbatlashdi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Nasaf»ni futbolchilar nega tark etmoqda? Jamoa bosh murabbiyi javob berdi