16:15 / 12.01.2020
1 940

Futbolchilarimiz kunni qanday boshlashdi?

Futbolchilarimiz kunni qanday boshlashdi?
Ma’lum qilganimizdek, bugun futbol bo‘yicha Tailandda o‘tayotgan U-23 Osiyo chempionatida O‘zbekiston OTJ guruh bosqichida ikkinchi tur uchrashuvini o‘tkazadi. Xitoylik futbolchilarga qarshi kechadigan bahsdan oldin jamoamiz ichidagi muhitni oz bo‘lsada e’tiboringizga havola qilishni lozim topdik.

Murabbiylarimiz belgilab bergan grafik bo‘yicha bugun erta tongdan har bir futbolchimizning sog‘lig‘i tibbiy nazoratdan o‘tdi. Shundan so‘ng yigitlarimiz yaxshi kayfiyatda nonushtaga yo‘l olishdi. Kun davomida yengil mashg‘ulotlar bilan sayr o‘tkazildi va tushlik qilingach futbolchilarga dam berildi.

Bir so‘z bilan aytganda, yigitlarimiz yana bir necha soatdan so‘ng bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga deyarli shay. Endi buni amalda maydonga ko‘rsatish qoldi xolos.

Manba: olympic.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futbolchilarimiz kunni qanday boshlashdi?