22:32 / 13.01.2020
2 566

"Navbahor" Kamerun, Niderlandiya, Ukraina va rossiyalik olti legionerga javob berdi

"Navbahor" Kamerun, Niderlandiya, Ukraina va rossiyalik olti legionerga javob berdi
Xabar berganimizdek, 12 yanvar kuni “Navbahor” a’zolari Pro-liga vakili Yaypanning “Turon” jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishdi.
Mazkur o‘yinda namanganliklar ustozi Andrey Kanchelskis asosan ko‘rikdan o‘tayotgan legionerlar va ayrim mahalliy futbolchilarni maydonga tushirib, ularni sinovdan o‘tkazdi.

Mazkur o‘yindan so‘ng, Andrey Antanasovich bir qator xorijlik hamda mahalliy o‘yinchilarga javob berishga qaror qildi.

Ya’ni, “Navbahor” ko‘rigida bo‘lgan legionerlardan kamerunlik Mbassi Emmanuel Rikkardo, rossiyalik Aleksey Kurilov, Stanislav Yefimov va Bunyamudin Mustafoyev, niderlandiyalik Nelson Gregori Jarreld Martlales hamda ukrainalik Dmitriy Skoblov, shuningdek, ayrim mahalliy futbolchilarga javob berildi.

Shu tariqa, “lochinlar” ixtiyorida ko‘rikdan o‘tayotgan 3 nafar xorijlik o‘yinchi – xorvatiyalik Vilim Posinkovich, rossiyalik Artyom Sherbak va ozarbayjonlik Fuat Bayramov qolishdi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Navbahor" Kamerun, Niderlandiya, Ukraina va rossiyalik olti legionerga javob berdi