Tailand davlati mezbonlik qilayotgan AFC U-23 Championship musobaqasi qizg‘in pallaga kirib ulgurdi. Bundan buyog‘iga faqat guruh g‘oliblarining nomi ma’lum bo‘ladi va har bir bellashuv finalga teng maqomga tenglashtiriladi.
Jumladan, «C» guruhida 3-tur uchrashuvlariga start beriladi. G‘olib nomi ma’lum bo‘lishi uchun ikki o‘yin ham bir vaqtda boshlanadi. Toshkent vaqti bilan soat 15.15 da ikki uchrashuv start oladi.
O‘zbekiston olimpiya jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi saf tortsa, narigi juftlikda Xitoy futbolchilari Eronga qarshi maydonga chiqishadi. Hozircha, Xitoydan tashqari uchta termada ham pley-offga chiqish imkoni saqlanib turibdi. Faqatgini birinchi va ikkinchi o‘rinlar sohiblarining nomini aniqlash qolgan.
Bugun O‘zbekiston kamida durang o‘ynashi shart. Agar yutqazib qo‘ysa va Eron futbolchilari Xitoyni 3ta gol farqi bilan yutsa, O‘zbekiston guruhda qolib ketadi. Buni esa, hech kim xohlamasa kerak.
Umid qilamiz, Drulovich shogirdlari mazkur o‘yinda o‘zlarini nimaga qodir ekanliklarini ko‘rsatishadi.
Eslatib o‘tamiz, bahs Taylandning Patum-Tani shahridagi «Thammasat» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni TV qarshisiga chorlab qolamiz.
Manba: uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi