
U-23 Osiyo chempionati chorak finali doirasidagi BAA - O‘zbekiston (1:5) uchrashuvidan keyin Bobir Abdixoliqov mikst zonada o‘z fikrlarini bildirdi.
"Xudoga shukur g‘alaba qozondik. Maqsadimiz yarim finalga chiqish edi. Uchrashuvni xatolar bilan boshladik va gol o‘tkazib yubordik. Lekin tezda o‘zimizga keldik. Keyingi o‘yinda ham albatta g‘alaba uchun maydonga tushamiz.
Ro‘ziqul Berdiyev hamda Vadim Abramov Tailandga uchib kelib, bizga ruhiy tomonlama dalda berishdi. Xalqimizning, ota-onamizning duolari tufayli g‘alaba qozondik deb o‘ylayman.
Saudiya Arabistoni bilan juda qiyin bahs kutib turibdi. Bo‘lajak raqibimiz yaxshi shakllangan hamda o‘rtaga Olimpiada yo‘llanmasi tikilgan. Xudo xohlasa finalga va Olimpiadaga chiqamiz", - deydi Bobir Abdixoliqov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar