
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi chorak finalda BAA vakillarini yirik hisobda mag‘lub etishdi.
Mazkur uchrashuvdan keyin taniqli mutaxassis, OFK yo‘riqchisi Usmon Toshev qisqa fikrlarini bildirib o‘tdi.
"G‘alaba bilan olimpiya terma jamoamizni va muxlislarni tabriklayman. Mening fikrimcha o‘yin to‘liq bizning nazoratimiz ostida o‘tdi. Natija hammasini aytib turibdi. O‘ylaymanki bugungi o‘yinimizni Saudiya Arabistoniga ham o‘tkaza olamiz. Hamma ko‘rdi, faqat g‘alaba va yutuqni o‘ylab harakat qilishsa, hal qiluvchi bahsda g‘alaba qozona olamiz. Xavotirga solayotgan jihat nima? Har bir futbolchi o‘zining pozitsiyasidan kelib chiqib o‘ynashi kerak deb o‘ylayman. Keyingi uchrashuvda barchaga omad tilayman!",- dedi mutaxassis. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar