
Xabaringiz bor, 30 yanvar (Toshkentda 31 yanvar tongi) professional bokschimiz Murodjon Ahmadaliyev ikki yo‘nalish chempionligi uchun amerikalik Daniyel Romanga qarshi jang qiladi.
Bugun har ikki bokschi mazkur muhim jang oldidan tarozidan o‘tishdi. Unga ko‘ra, hamyurtimiz 121,4 funt (54,88 kg) tosh bosdi. Ikki vazn chempioni Daniyel Roman esa 121,6 funt (54,88 kg) natija ko‘rsatdi.
Ma’lumot uchun, Ahmadaliyev shu kungacha prof boksda 7 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan (6 ta nokaut). Daniyel Roman esa ayni paytda ikkinchi yengil vazn toifasining WBA va IBF yo‘nalishlari chempioni hisoblanadi. Shu kungacha 30 ta jang o‘tkazgan va ularning 27 tasida g‘alaba qozongan (10 ta nokaut). 2 marotaba mag‘lub bo‘lgan. 1 ta jangda esa durangga erishgan.
Agar hamyurtimiz mazkur jangda g‘alaba qozonsa jahon boksi tarixidagi rekordni takrorlaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.