Yaqinda Belarus poytaxti Minskda o‘smirlar o‘rtasida xalqaro turnir o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Yevropaning bir qator nomdor terma jamoalari Islandiya, Finlyandiya, Belgiya kabi davlatlar qatori, markaziy Osiyodan O‘zbekiston va Tojikiston o‘smtirlari ishtirok etishdi.
Qo‘shnilarimiz turnirning final bosqichiga qadar yetib borgan bo‘lsa, Azamat Abduraimov shogirdlari eng so‘nggi, 8-o‘rinni egalladi. Biz bu borada bosh murabbiyning fikrini bilish maqsadida Azamat Abduraimovga yuzlandik.
- Avvalo, Minsk mezbonligida o‘tgan xalqaro musobaqa taasurotlari bilan o‘rtoqlashsangiz. O‘smirlar terma jamoamizning 7-8-o‘rinlar uchun kurashishi ko‘pchilikni hayron qoldirdi. Bosh maqsad o‘zi nima edi, belgilangan vazifa bajarildimi? Uchrashuvlarni murabbiylar shtabi tahlil qildimi?
- Yaqin kunlarda biz o‘tkazgan o‘yinlarimizni tahlil qilamiz. Video yozuvlarda barcha uchrashuvlarimiz, shuningdek BATEga bilan o‘yin ham qayd etilgan. O‘tkazib yuborilgan gollar, darvozaga kiritilgan gollar, standart vaziyatlardagi harakatlarimizni yana bir bor alohida ko‘rib chiqamiz. Xulosa chiqaramiz. Xatolarni takrorlamaslik uchun yanada qattiq ishlaymiz. Biz uchun bu turnir katta maktab vazifasini o‘tadi. Yigitlar qanday tezlikda o‘ynash kerakligini, muvaffaqiyatga erishish uchun ko‘proq ishlash kerakligini his qilishdi. Bosh murabbiy sifatida natijadan qoniqmadim.
Albatta, oxirgi pallada qoqilish yoqimli emas. Men Minsk safaridan oldin O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov bilan uchrashdim. Birgalikda jamoani tayyorgarlik rejasini va bo‘lajak musobaqani muhokama qildik. Rahbariyat bizga jamoamiz o‘zidan bir yosh katta bollar bilan bilan o‘ynashimizni, shuning uchun sovrinli o‘rinlarni egallash vazifasini qo‘ymasliklarini aytishdi.
Asosiy maqsadimiz Yevropaning eng yaxshi jamoalari bilan xalqaro tajriba to‘plash edi. Belarus, Belgiya, Finlyandiya o‘tgan yili 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatining final raundiga chiqishdi. Terma jamoani shakllantirish, chempionlik ruhini futbolchilarga singdirish uchun hali ko‘p ishlar qilish kerakligini tushundik.
- Musobaqa qay tomonlama jamoaga foydali bo‘ldi? Terma jamoaning negizini shakllantirish qanday ketmoqda?
- “Paxtakor” jamoasi a’zolari terma jamoaning asosini tashkil qiladi. O‘tgan yili ular Toshkent shahar chempionatini 20 dekabr kuni yakunlashdi va ta’tilga chiqib ketishdi. Biz ularni 8 yanvar kuni birinchi yig‘inda to‘pladik. Dasturimizga ko‘ra yanvar va fevral oylarida e’tiborni jismoniy tayyorgarlikka qaratishimiz kerak edi. Bizda aniq tayyorgarlik dasturi mavjud. Minskdagi turnirga aniq tayyorlana olmadik. Oldimizda yagona maqsad turibdi, Bahraynda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etish va jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish.
- Musobaqa davomida terma jamoamizning qanday ojiz tomonlarini ko‘ra oldingiz? Xato va kamchiliklar bo‘lishi tabiiy...
- Turnir bizning bir qator zaif tomonlarimizni ko‘rsatib berdi. Birinchi galda himoya. Dastlabki turda mezbonlar to‘rt daqiqada ketma-ket darvozamizga to‘p kiritishdi. Birinchi o‘yin, ochilish marosimi, hayajon bo‘lishi aniq edi. Boz ustiga muxlislar ham raqibimizga qo‘shimcha kuch bera olishdi. Belarus bizdan har tomonlama ustun edi. Qolgan uchrashuvlarda biz tengma-teng o‘ynadik. Belgiya bilan uchrashuvda durranga natija qayd etishga yaqin edik. Muhimi jamoamizda harakter bor.
Yana bir kamchiligimiz gol urishda oqsayotganimiz. Umuman olganda xatolarimiz ko‘p. Tanlovimiz keng, raqobat kuchli. Navbatma-navbat boshqa futbolchilarga imkoniyat beramiz. Yigitlarga faqat mehnat tufayli ajoyib futbolchi bo‘lish mumkinligi ko‘p bor ta’kidlayman. Men ushbu jamoada 2 yildan beri faoliyat yuritmoqdaman. Mana shu davr mobaynida bu bolalar mening oilamga aylanishdi. Ularning har biri uchun qayg‘uraman, yordam berishga harakat qilaman.
Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin