23:02 / 01.02.2020
2 686

La Liga. "Real" Madrid derbisida "Atletiko"dan ustun keldi

La Liga. "Real" Madrid derbisida "Atletiko"dan ustun keldi
Ispaniya La Ligasi 22-turidan o‘rin olgan "Real" hamda "Atletiko" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
"Santyago Bernabeu" stadionida kechgan Madrid derbisida mezbonlar minimal hisobda zafar quchishdi. Uchrashuvdagi yagona gol 56-daqiqada Karim Benzema tomonidan kiritildi.

Shu tariqa, "qirollik klubi" hisobidagi ochkolar soni 49 taga yetdi va turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamlab oldi. 36 ochkosi bor "matraschilar" esa jadvalning 5-pog‘onasidan joy olishgan.

Real Madrid – Atletiko 1:0 (0:0, 1:0)
Gol:
1:0 – 56 Benzema.
Real Madrid – Kurtua, Mendi, Ramos, Varan, Karvaxal, Kazemiro, Modrich, Isko (Vaskes, 46), Kroos (Vinisius Junior, 46), Valverde, Benzema.
Atletiko – Oblak, Lodi, Felipe, Vrsalko, Savich, Saul, Lorente, Vitolo (Ferreyra Karrasko, 71), Tomas (Kamelo, 74), Korrea, Morata (Lemar, 50).
Ogohlantirishlar: Felipe (66), Vrsalko (80), Mendi (83), Kazemiro (88).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La Liga. "Real" Madrid derbisida "Atletiko"dan ustun keldi