Kecha Qashqadaryo viloyati hokimligida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev futbol klublarining faoliyatiga ham to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda Nasafnews nashri xabar berdi.
– Nega Qashqadaryo futbolchilari boshqa viloyatda, boshqa viloyat futbolchilari Qashqadaryoda o‘ynashi kerak. Nima ish qilayapti futbol federatsiyasi? Futbolda hamma joy tanish-bilishchilik. Hamma o‘yin stadion ichida emas, stadion orqasida bo‘layapti. Viloyatdagi 3 ta futbol klubining har bir xodimi bilan gaplashamiz, nazorat qilamiz, - deydi Zoyir Mirzayev.
Shuningdek, Zoyir Mirzayev futbolchilarni Qashqadaryoda tayyorlash kerakligi, boshqa mamlakatdan futbolchi sotib olinmasligini ta’kidlagan. Bu borada barcha futbol akademiyalari va sport maktablari faoliyatini jiddiy nazorat qilishini aytib o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi