20:35 / 13.02.2020
3 746

Otabek Shukurov: O‘zbek va BAA futboli orasidagi farqlar, Yevropa klubiga o‘tish haqida

Otabek Shukurov: O‘zbek va BAA futboli orasidagi farqlar, Yevropa klubiga o‘tish haqida
Foto: O‘FF
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi hamda BAAning «Sharja» klubi yarim himoyachisi Otabek Shukurov BAA va o‘zbek futboli orasida farqlar, qozoq futbolchisi, kelajakdagi rejalari haqida «Sport.kz» saytiga intervyu berdi. «Daryo» esa mazkur intervyuni o‘zbek tilida taqdim etdi.

BAA va mahalliy futbol haqida
— 2 yildan ortiqroq vaqtdan beri «Sharja»daman. Bu yerda chempionat yaxshi va menga yoqadi. Jamoalarda legionerlar muhim rol o‘ynaydi. Har bir klubda 4 nafardan yaxshi legioner futbolchi bor. Shuningdek, ichki chempionat bir vaqtning o‘zida 7-8 ta klubning chempionlik uchun kurashishi bilan ham qiziq. «Al-Ayn», «Al-Vahda», «Al-Jazira», «Al-Ahli», «An-Nasr», «Al-Vasl» klublari haqiqatan ham kuchli. Shuningdek, hozir «Sharja» ham yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Ushbu jamoalarning barchasi chempionlik uchun bahs olib boradi. Shuning uchun ham chempionat qiziqarli.

BAA va o‘zbek futboli
— Bu yerda ko‘p narsani mahalliy futbolchilar emas, legionerlar hal etishini avvalroq ta’kidlab o‘tdim. Har bir jamoada o‘yin taqdirini hal qila oladigan juda yaxshi legionerlar bor. O‘zbekistonda esa bunday emas. O‘zbekistonda mahalliy futbolchilarning salmog‘i ko‘proq. Shuning uchun ham BAA futboli O‘zbekistonnikidan farq qiladi.

Mahalliy hayot-turmush tarziga ko‘nikish haqida
— Yashash yaxshi, bu yerdagilarning hammasi musulmon. Masjidlar juda ko‘p. Bu yerda bo‘lish menga yoqadi. Oilamga ham. Hammasi maromida. Boshida ko‘nikish qiyin kechgan, biroq hozirda barchasi joyida.

— Baurjan Islomxon haqida
— Islomxonni bilaman. U hozir «Al-Ayn» safida. U jamoada 6 oy bo‘lishini aytgandi. Hozir bizda ikkinchi davra ketmoqda. Baurjan so‘nggi o‘yinda aynan bizga qarshi o‘ynadi. Hisob 1:1 bo‘ldi. U esa ikkinchi bo‘limda maydonga tushib, yaxshi harakat qildi. Yaxshi futbolchi deb o‘ylayman. Uning so‘zlariga ko‘ra, u yozda Rossiya yoki Yevropa klubiga o‘tadi. Unga omad tilayman.

«Al-Ayn» va «Sharja» qarama-qarshiligidagi o‘zbek-qozoq dueli haqida
— Ha, «Sharja» va «Al-Ayn» bir-biriga prinsipial raqiblar. Biz ular bilan chempionlik uchun kurashamiz. Birinchi davrada o‘z uyimizda ularni 3:2 hisobida mag‘lub etgandik. Ikkinchi davrada esa 1:1 hisobi qayd etildi. «Al-Ayn» yaxshi jamoa, biroq biz ulardan 4 ochko ola bildik. Yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Birinchi bo‘limda biz hisobda oldinga chiqib olgandik. Islomxon esa ikkinchi bo‘limda jamoasiga hisobni tenglashtirishda yordam berdi. U menga futbolchi sifatida yoqadi. U bu yerda bemalol o‘ynay oladi. Shunchaki tezroq ko‘nikib ketish kerak, xolos.

«Al-Ayn» haqida
— Ushbu jamoaga qarshi «Bunyodkor» safida ekanligimda ham o‘ynaganman. Boy va katta klub. Avval jamoa o‘ta kuchli edi. Hozir esa avvalgidek emas-u, ammo baribir yaxshi jamoa. Jumladan, o‘tgan yili ular unchalik yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadi. Hozir esa ancha yaxshi.

BAA chempionatida o‘zbek futbolchilarining kamligi haqida
— To‘g‘risi, nega o‘zbekistonlik futbolchilar BAA chempionatida kamligini bilmayman. Hozircha bu yerda bir o‘zimman. Bu yerda legionerlarga juda katta mas’uliyat bilan qarashadi. Avval legionerlarga nisbatan limit 3+1 edi. Hozir esa 4+1. Shuning uchun ular hozir jamoalarga ko‘proq yevropalik, braziliyalik va afrikalik futbolchilarni olib kelmoqda. Bu yerda futbol shunday — agar 4 legionerdan qaysidir biri yoqmay qolsa, uni darhol boshqasiga almashtirishadi. Inshaolloh, BAA chempionatida hali ko‘plab o‘zbekistonlik futbolchilar to‘p tepadi deb umid qilaman.

Karerasi uchun qay biri muhim: BAA chempionatidagi barqaror ishtirok yoki Yevropaga ketish
— Yevropaga ketishni judayam xohlayman. Buning uchun juda ko‘p mehnat qilyapman. Har kuni, har bir mashg‘ulot va o‘yinlarda. O‘zim buni qattiq istayman. Ammo o‘tgan yili China Cup musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi safida Xitoy termasiga qarshi bahsda og‘ir jarohat olib safdan chiqdim. Besh oyni maydondan tashqarida o‘tkazdim. Keyin maydonga chiqa boshladim. Biroq oyog‘im yana 2-3 oy mobaynida og‘rib turdi. Shu boisdan ham ortda qolgan yozda Yevropaga keta olmadim. Hozir esa o‘zimni yaxshi his qilyapman va jismoniy holatimni tiklab boryapman. Ketishni xohlayman. Biroq u yerda futbol qanday ekanligini juda yaxshi bilasiz deb o‘ylayman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Otabek Shukurov: O‘zbek va BAA futboli orasidagi farqlar, Yevropa klubiga o‘tish haqida