date

Arsen Venger: "Di Mariya 17 yoshida "Arsenal"ga o‘tishi mumkin edi"

Arsen Venger: "Di Mariya 17 yoshida "Arsenal"ga o‘tishi mumkin edi"

"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger o‘z vaqtida Argentina terma jamoasi yarimhimoyachisi Anxel Di Mariyani sotib olishga yaqin kelganini ma’lum qildi.

"Biz Anxelni 17 yoshida topgan edik. Biz uni jamoamizga bepul qo‘shilishini istagan edik. Ammo Di Mariya avval Portugaliyaga, so‘ngra Ispaniyaga yo‘l oldi. Nima uchun? U ANgliyada ishlash uchun ruxsatnoma ololmagan edi.

Shunday bo‘lib chiqyaptiki, u juda qimmat bo‘lgan vaqtda pul sarflab Angliyaga olib kelindi", - deydi Venger.

Eslatib o‘tamiz, Di Mariya o‘tgan yozda 59,7 million evaziga "Real"dan "MYu" safiga o‘tgan edi.

Manba: www.Stadion.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arsen Venger: "Di Mariya 17 yoshida "Arsenal"ga o‘tishi mumkin edi"