17:29 / 16.02.2020
2 993

Stefan Kuzin: “Ertaga kuchli jamoaga qarshi o‘ynaymiz, lekin...”

Stefan Kuzin: “Ertaga kuchli jamoaga qarshi o‘ynaymiz, lekin...”
OCHL 2-turi doirasidagi “Paxtakor” – “Shahr Xodro” uchrashuvidan oldingi matbuot anjumaning dastlabki qismida mehmonlar ustozi Stefan Kuzin va jamoa hujumchisi Muhammad G‘ozi qatnashishdi.
“Bu yerda ekanligimizdan xursandmiz. OCHLda uchinchi o‘yin ostonasida turibmiz. Osiyo chempionlar ligasidagi har bir o‘yin qiyin kechadi. Ertaga kuchli jamoaga qarshi o‘ynaymiz. Bizning jamoa ham yaxshi tayyorgarlik ko‘rdi va ijobiy natija uchun maydonga tushamiz”, - deydi Stefano Kuzin.

“Bosh murabbiy aytganidek ertaga qiyin o‘yin bo‘ladi. Chunki biz raqib maydonida o‘ynaymiz. “Paxtakor”ning oldingi o‘yinini ko‘rdik, ular yaxshi tayyorlangan, kuchli jamoa. Ertaga yaxshi o‘yin namoyish etishga harakat qilamiz. Faqat g‘alaba haqida o‘ylayapmiz va uch ochko olish uchun maydonga tushamiz. OFK Eron klublariga dastlabki 3ta turni safarda o‘tkazish haqida qaror chiqargan. Bu bizga biroz noqulaylik tug‘dirmoqda. Agar bu o‘yin Mashhadda bo‘lganida muxlislar ko‘p kelardi va bizda ustunlik bo‘lardi”, - deydi Muhammad G‘ozi.

- Jamoa o‘yinga bir sutka qolganida Toshkentga yetib kelgani ertangi bahsdan oldin hech qanday salbiy ta’sir qilmaydimi?
- To‘g‘ri bu balkim ta’sir qilishi mumkin. Nima bo‘lgan taqdirda ham, o‘yinda yaxshi o‘ynashga harakat qilamiz. Oldingi turda ham safarda o‘ynagandik.

- “Shahr Xodro” OCHLda ikkita o‘yin o‘tkazdi va umuman gol ura olmadi. Bu hujumdagi muammolar bilan bog‘liqmi yoki safarda o‘ynaganinglar uchunmi?
- Yo‘q, bu hujumdagi muammo yoki safarda o‘ynaganimizga bog‘liq emas. Shunchaki bahs qanday o‘tishiga bog‘liq, har bir bahs o‘z tarixiga ega. Vaziyatlar yaratilmoqda, ammo gol urishda biroz oqsoqlanayapmiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Stefan Kuzin: “Ertaga kuchli jamoaga qarshi o‘ynaymiz, lekin...”