"Liverpul" Yevropada birinchi bo‘lib EChL yo‘llanmasini naqd qildi

"Liverpul" Yevropada birinchi bo‘lib EChL yo‘llanmasini naqd qildi
Xabaringiz bor "Chelsi" kecha APLning 26-turida o‘z maydonida "Manchester Yunayted"ga 2:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

E’tiborlisi, ushbu o‘yin natijasi "Liverpul"ni Yevropada birinchi bo‘lib kelgusi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga sabab bo‘ldi. Hozirda 4-o‘rinda borayotgan "Chelsi"ning "Liverpul" bilan oradagi farqi naqd 35 ochkoni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Yurgen Klopp boshchiligidagi jamoa ayni damda 76 ochko bilan premyer-ligada yakka peshqadamlik qilmoqda. Ular 30 yillik tanaffusdan so‘ng yana APL chempionligini qo‘lga kiritishga juda yaqin turishibdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar