date
views 2 950

Gvardiola: "Siti"dan ketaman, agar..."

Gvardiola: "Siti"dan ketaman, agar..."
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APL doirasidagi "Vest Xem" (2:0)ga qarshi o‘yindan so‘ng turli mish-mishlarga chek qo‘ydi.
Pep kelasi mavsum ham "Manchester Siti"ni boshqaradi.

"Hali hech narsa tugagani yo‘q. Klub buni adolatsizlik deb hisoblaydi, shu sabab ham biz shikoyat qilamiz va javobini kutamiz.
Agar bizni quyi divizionga tushirib yuborishsa men klubda bo‘lamanmi? Umuman nima uchun klubni tark etishim kerak? Men "Siti"ni sevaman, bu yerda menga hammasi yoqadi, nega endi ketishim kerak? Men bo‘layotgan ishlarga qaramasdan kelasi mavsum ham ushbu jamoani boshqaraman. Bu 100%ga aniq. Meni qachonki iste’foga chiqarishsa, o‘shanda ketaman.

"Siti" har o‘yinda bo‘lgani kabi kurashadi va yana kurashadi. Biz yaxshi kayfiyatdamiz, adolat qaror topadi. Ishonamanki, CHLda bundan keyin ham o‘ynaymiz va APL chempionligi uchun ham kurashamiz
", - deydi Pep.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola: "Siti"dan ketaman, agar..."