20:15 / 22.02.2020
2 905

Shota Arveladze "Spartak" bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi

Shota Arveladze "Spartak" bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi
"Spartak" - "Paxtakor" (4:0) uchrashuvidan so‘ng "sherlar" ustozi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Rasmiy o‘yinlardan yana o‘rtoqlik uchrashuviga qaytganimiz xalal bergani yo‘q. Raqib kuchli jamoa "Spartak" edi. O‘zimizni tekshirib olishga yaxshi chorlov. Ishlashimiz kerak bo‘lgan jihatlarni o‘zimiz uchun ko‘rib, belgilab olamiz. Saviya, tezlik, yakkakurashlar borasida muammo borligi ko‘rindi. Jismoniy tarafdan imkoniyatlarimizni o‘stirishimiz kerak. Menimcha, shunday kuchli jamoalar bilan ko‘proq o‘ynab, yuqori sur’atdagi o‘yinlarga moslashishimiz kerak.

Oldinda bizni chempionat va Chempionlar ligasi kutmoqda. Osiyoda ham kuchli jamoalar ko‘p, xalqaro o‘yinlar yuqori sur’atda o‘tadi. Tezlik va jismoniy jihatni o‘stirishimiz lozim. "Spartak" stadionida sharoitlar ajoyib, maydon a’lo holatda. Ularga o‘yin uchun minnatdorchilik bildiraman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze "Spartak" bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi