19:16 / 28.02.2020
5 414

«Paxtakor» va yana davlatga tegishli 5 ta futbol klubi sotuvga qo‘yiladi

«Paxtakor» va yana davlatga tegishli 5 ta futbol klubi sotuvga qo‘yiladi
Davlat ulushi bor O‘zbekistondagi oltita futbol klubi sotuvga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori imzolanishi kutilmoqda. Bu haqda gosport sayti xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, iqtisodiyotda davlat ishtirokini tubdan qisqartirish, davlat aksiya paketlari (ulushlari)ni sotish orqali xususiy sektor rivojlanishi uchun sharoit yaratish maqsadida chiqarilayotgan qaror loyihasida O‘zbekistondagi oltita futbol klublari nomi ham sanab o‘tilgan.

Qarorga ko‘ra, Termizning «Surxon» va «Buxoro» klublari 100 foiz aksiyasi sotuvga qo‘yilgan bo‘lsa, Sirdaryoning «Guliston» klubi 30 foiz, «Paxtakor» klubining Toshkent shahar hokimligiga tegishli 20 foiz, «Dinamo» klubining Samarqand hokimligiga tegishli 7,1 foiz va «Neftchi» klubining Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga tegishli 3 foiz aksiyalari ham sotuv uchun qo‘yiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Paxtakor» va yana davlatga tegishli 5 ta futbol klubi sotuvga qo‘yiladi