09:57 / 01.03.2020
2 806

Isroil Madrimov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi

Isroil Madrimov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi
Foto: Twitter /IsrailMadrimov
Professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov (5-0, 5 KO) beshinchi jangida ham g‘alaba qozondi.

Texas shtatining Frisko shahrida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Isroil Madrimov venesuelalik Charli Navarroga (29-10, 22 KO) qarshi ringga chiqdi. 10 raundga mo‘ljallangan jang 6-raunddayoq yakunlandi. O‘zbekistonlik bokschi tajribali raqibini avvaliga nokdaun holatiga tushirdi, keyin esa zarbalar seriyasi orqali uni yana bir marta polga qulatgach, hakam jangni to‘xtatib, texnik nokaut qayd etdi.

Endilikda Isroil Madrimov super yarim o‘rta vazn toifasining WBA chempionlik kamari uchun birinchi raqamli da’vogarga aylandi.

Foto: Twitter /IsrailMadrimov
Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov professional boksda so‘nggi marta o‘tgan yilning 5 oktabrida meksikalik Alexandro Barreraga (29-6, 18 KO) qarshi ringga chiqqan va raqibini texnik nokaut evaziga mag‘lub etgandi.

Foto: Twitter /IsrailMadrimov

Foto: Twitter /IsrailMadrimov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Isroil Madrimov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi