date
views 2 122

Van Deyk: “Raqib haqiqatan ham yaxshi o‘ynadi”

Van Deyk: “Raqib haqiqatan ham yaxshi o‘ynadi”
“Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk APL 28-turi doirasida “Uotford”ga (0:3) qarshi kechgan bellashuv haqida gapirdi.
Uotford”ni alohida ta’kidlab o‘tish joiz – ular haqiqatan yaxshi o‘ynashdi, kurashishdi, vaziyatlarda sovuqqonlik bilan harakat qilishdi va uchta gol urishdi. Haqiqat shuki, biz ularga qarshi hech qanday chora topolmadik. Albatta bu biz uchun og‘ir, ammo biz yanada yaxshiroq o‘ynay olishimizni ko‘rsatishimiz kerak.

Ikki marta autdan to‘p o‘yinga kiritilgan vaziyat... Vaziyatlarni qayta ko‘rib chiqishimiz lozim, vahimaga o‘rin yo‘q. Biz gol o‘tkazishni istamaymiz, barchasini tahlil qilamiz.
Rekord haqidagi barcha gap so‘zlar bu hammasi matbuot uchun qiziqarli. Biz har bir o‘yinda g‘olib chiqishni istaymiz.

Endi keyingi o‘yinga – Angliya kubogi doirasida “Chelsi”ga qarshi bahsga e’tiborni qaratamiz va g‘olib chiqishga urinamiz. Har doim bosiq bo‘lib qolishimiz va yanada qattiqroq mehnat qilishmiz lozim
”, dedi van Deyk.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Van Deyk: “Raqib haqiqatan ham yaxshi o‘ynadi”