
Erta tongni ko‘tarinki kayfiyatda boshladik. Sababi, yurtdoshimiz Isroil Madrimov AQSHning Texas shtatida navbatdagi jangini o‘tkazdi va unda venesuelalik Charli Navarro (29-10-0) ni nokautga uchratdi. 10 raundlik jang, 6-raundda o‘z nihoyasiga yetdi.
Raqibini avval nokdaunga uchratgan Isroil keyingi zarbalari bilan jangni muddatidan avval yakunlashga erishdi.
Mazkur, jang WBA Eleminator maqomida edi. Endilikda Madrimov WBA Super yoki WBA Regular kamarlaridan biriga majburiy da’vogarga aylandi.
Isroilning raqibini nokautga uchratgan holatini quyidagi havola orqali tomosha qilishingish mumkin: VIDЕO “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar