O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida 6 mart, juma kuni O‘zbekiston tennis federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda federatsiyaga yangi rahbar saylandi.
Konferensiyani O‘zbekiston tennis federatsiyasi bosh kotibi, Osiyo tennis federatsiyasi vitse-prezidenti Iroda To‘laganova olib bordi. Federatsiyaning yangi rahbarligiga O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruv raisi Alisher Mirsoatov nomzodi ilgari surildi. Konferensiya ishtirokchilari nomzodni bir ovozdan ma’qulladi va Alisher Mirsoatov O‘zbekiston tennis federatsiyasining yangi raisi deb e’lon qilindi.
Federatsiyani uzoq yillar boshqarib kelgan Rustam Inoyatov MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonovning taklifiga ko‘ra tashkilotning faxriy prezidenti etib saylandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi