2 662
Sobiq hakam: “Vidal o‘sha vaziyatda o‘yinga qo‘shilmadi. Bunday holatda bahsni to‘xtatish mumkin emas”
Ispaniyalik sobiq hakam Barrenechea Montera “Barselona” – “Real Sosedad (1:0) uchrashuvini boshqargan Xuan Martines Munueraning qarorlariga izoh berib o‘tdi.
Munuera uchrashuvning ikkinchi bo‘limi oxirlarida VAR tizimi orqali vaziyatni qayta ko‘rib chiqib, baskliklar himoyachisi Roben le Norman to‘pni qo‘li bilan o‘ynagan deb topdi va mehmonlar darvozasiga 11-metrlik jarima to‘pi belgiladi. Ammo o‘sha vaziyatga qadar to‘p jarima maydonchasiga uzatilayotgan holatda ko‘k-anorranglilar yarim himoyachisi Arturo Vidal o‘yindan tashqari holatda qolgandek ko‘ringandi.
“O‘yinning ahamiyatidan kelib chiqsak, judayam kam “fol” qayd etildi. Bu hakamlarning yaxshi ishlaganidan darak beradi. Penalti belgilangan vaziyatda video assistent hakamga “Sosedad” futbolchisi jarima maydonchasi ichida to‘pni qo‘li bilan o‘ynaganligi haqida xabar berdi va bu to‘g‘ri qaror edi. Har qanday holatdayam maydondagi hakam so‘nggi qarorni qabul qiladi. Yakunda u to‘g‘ri qaror chiqardi.
Ayrimlar o‘sha vaziyatdan oldin Vidal ofsaydda qolgan edi degan fikrda. Chililik futbolchi o‘sha holatda to‘p uchun kurashmadi, shu sababli bunday vaziyatlarda hushtak chalib o‘yinni to‘xtatish mumkin emas.
Munuera shuningdek Albaning o‘yin oxirida kiritgan golini VAR orqali aniqlab, bekor qildi va adashmadi”, deydi Montero. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»