Superliganing 2-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Buxoro" (3:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Muhsin Muhammadiyev ishtirok etdi.
"Paxtakor"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun 66-daqiqaga qadar yomon o‘ynamadik. O‘sha vaziyatda urilgan golni ko‘rib chiqish kerak. Hozircha takroriy vaziyatni ko‘rmadim, ba’zi savollarimiz bor. Umuman olganda jamoam oldindan tayyorlangan reja bo‘yicha to‘g‘ri o‘ynadi. Zamonaviy futbolda vaziyatlar, to‘p bilan muomala qilishdagi ustunlik hisoblanmaydi", - deydi Muhsin Muhammadiyev.
- Golgacha va goldan keyin "Buxoro" ikki xil futbol o‘ynadi. Nimaga?
- Sababi birinchi gol futbolchilarga ta’sir qildi. Balki yigitlar tushkunlikka tushib qolishgandir. Menimcha o‘sha vaziyatda o‘yin qoidasi buzilgan edi.
- "Buxoro"da Lipartiya, Kapor kabi yaxshi legionerlar bor. Ammo negadir o‘yin yaxshi chiqmayapti.
- "Paxtakor" bugungi kunda tarkib bo‘yicha barchadan kuchli. Ularga qarshi ochiq futbol namoyish eta olmaymiz. Bugun biz juda to‘g‘ri taktika tanlagandik. Agar o‘sha birinchi gol bo‘lmaganida "Paxtakor"ga qiyin bo‘lardi. To‘g‘ri biz kam hujum qildik, ammo takrorlayman "Paxtakor"ga qarshi hujumkor o‘ynay olmaymiz. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»