O‘zbekiston Superligasining 3-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" va "Buxoro" qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tdi va uchrashuvda toshkentliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
"Temiryo‘lchilar" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov bahsdan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Avvalo, yigitlarni ajoyib g‘alaba bilan tabriklayman. Men "Andijon"ga qarshi kechgan dastlabki uchrashuvdan keyin ham aytgandimki, jamoa tarkibida yangi futbolchilar ko‘p. Shuning uchun biz murabbiylar ko‘rishni xohlagan hamjixatlilikni namoyish etish biroz qiyin bo‘lmoqda.
"Buxoro" bugun uzun uzatmalar bilan o‘ynagani bizga qiyinchilik tug‘dirdi. hujumdagi bo‘yi uzun futbolchi ham yaxshi o‘ynadi va bizga yetarlicha muammo yarata oldi. Asosiysi g‘alabani qo‘lga kiritdik va gol o‘tkazib yubormaganimizdan xursandman.
"Buxoro" yomon jamoa emas, yaxshi futbolchilar jamlangan. Agarda ularga vaqt berilsa, o‘zaro bir-birlarini tushunib harakat qilishsa, o‘ylaymanki ajoyib o‘yin namoyish eta olishadi," - dedi Fyodorov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar