2 695
Habib Nurmagomedov: «Har qanday raqib bilan jang qilishga tayyorman, faqat joy va vaqtini ayting»
UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov 18 aprel kuni Toni Fergyusonga qarshi belgilangan chempionlik kamari himoyasi uchun jangi katta ehtimol bilan bekor bo‘lgani haqida gapirdi.
«Ayni damda UFC chempioniman. Toniga qarshi jang mening aybim bilan bekor bo‘lgani yo‘q. Ushbu jangga tayyorgarlik ko‘rdim va ayni damda ham bunga tayyorman. Va hatto hozirgina mashg‘ulotlarni yakunladim. Har qanday joyda va har qanday vaqtda. Shuning uchun ham sportchiman va amaldagi chempionman. Shunchaki, menga joy va vaqtni ayting, o‘sha yerda bo‘laman. Har qanday raqib bilan jang qilishga tayyorman. Biroq har doim ham hamma narsa o‘zimizga bog‘liq bo‘lavermaydi», — deydi Habib Nurmagomedov.
UFC Habib—Toni jangini beshinchi marta tashkil etishga harakat qildi. Bundan oldingi to‘rtta urinish ham samarasiz yakunlangandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi