Foto: Yandex Photos
Yengil vazn toifasi vakili Dastin Pore UFC 249 kechasida Habib Nurmagomedov o‘rniga Toni Fergyuson bilan jang qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
«Tayyorgarlik uchun noqulay palla, biroq eng yaxshilar qatorida ekanimni isbotlash uchun istalgan imkoniyatga tirmashishga tayyorman.
Toniga qarshi jang qilishga tayyor ekanim borasida UFC rahbarlarini ogohlantirdim», — deydi Pore.
Avvalroq Habib va Toni o‘rtasidagi 18 aprel kuniga mo‘ljallangan jang bekor qilinishi mumkinligi xabar qilingandi. Biroq UFC prezidenti Deyna Uayt ushbu jang o‘z vaqtida bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov 2019 yilning sentabr oyida Porega qarshi jang qilgan va uchinchi raundda bo‘g‘ish usulini qo‘llagan holda g‘alabaga erishgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi