Foto: AFP
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati rahbari Otabek Eshmamatov Tokio Olimpiadasi qoldirilishini o‘zbek sportchilari uchun ijobiy holat sifatida baholadi.
«Olimpiya o‘yinlarining qoldirilishi nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo sportchilari uchun ijobiy hol, deyish mumkin. Sababi, koronavirus pandemiyasi sabab ko‘plab litsenzion turnirlarning o‘tkazilish sanasi o‘zgartirildi yoki musobaqa butunlay bekor qilindi.
Bekor qilingan litsenzion turnirlar esa sportchilarda norozilik kayfiyatini keltirib chiqarishi mumkin edi. Chunki musobaqa o‘tkazilmasa, Olimpiya o‘yinlari uchun litsenziyalar sportchilarning avvalgi natijalariga qarab bo‘lib berilardi. Bu esa adolat tamoyili buzilishiga olib keladi.
O‘zbekistonlik sportchilar ham belgilangan litsenziyalarni to‘liq qo‘lga kiritib ulgurishmagan edi. Masalan, hattoki bokschilarimiz ham 7ta yo‘llanmani naqd qilishgan va biz to‘liq tarkib bilan qatnasha olmasdik. Bu esa natijalarga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmasdi.
Qisqacha qilib aytganda, Olimpiya o‘yinlari qoldirilishi – sportchilarning yetarli darajada tayyorgarlik ko‘rishlari uchun qo‘shimcha vaqt va imkoniyat degani. Ular yanada tajribaliroq bo‘lib nufuzli turnirga borishadi.
Garchi, to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi kechiktirilgan bo‘lsa-da, sport turlari bo‘yicha jahon va qit’a chempionatlari, Xalqaro gran-pri turnirlari, qolaversa litsenzion musobaqalar vaqti-soati bilan yana davom ettiriladi. Shunday ekan, mashg‘ulotlar ham davom etadi.
Olimpiya sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoalari a’zolari uchun barcha o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari rasman 25 martdan vaqtincha to‘xtatildi. Har bir sport turi bo‘yicha atletlarimiz uy sharoitida muntazam mashg‘ulotlar olib borishmoqda. Ularning mashg‘ulotlarni olib borish jarayoni «tezkor shtab» tomonidan muntazam monitoring qilib borilmoqda», deya axborot berdi Eshmamatov.
Tokioda Olimpiya o‘yinlari 24 iyuldan 9 avgustga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgandi. Ammo koronavirus pandemiyasi tufayli 24 mart kuni turnirni keyinroqqa qoldirish bo‘yicha qaror qabul qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi