
Tojikiston futbol federatsiyasining ofisida mamlakat terma jamoalari ustozlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TFFning rasmiy sayti xabar bermoqda. Unda turli yoshdagi terma jamoalarning birinchi kvartalda amalga oshirgan ishlari bo‘yicha hisoboti tinglandi.
Yig‘ilishda Tojikiston futbol federatsiyasining bosh kotibi Davlatmand Islomov, texnik direktor Salohiddin G‘ofurov, shuningdek, Tojikistonning turli yoshlardagi terma jamoalarining bosh murabbiylari qatnashishdi.
Yig‘ilish chog‘ida Usmon Toshev (Tojikiston milliy terma jamoasi ustozi), Mubin Ergashev (U-19 bosh murabbiyi), Axliddin Turdiyev (U-16 bosh murabbiyi), Zayniddin Rahimov (U-14 bosh murabbiy)larning hisobotlari tinglandi. Majlis tugaganidan so‘ng yig‘ilish ishtirokchilari ish yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar