12:00 / 22.04.2020
2 955

Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatidagi eng qiyin uchrashuvlarni aytdi

Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatidagi eng qiyin uchrashuvlarni aytdi
Foto: Getty Images
Sobiq FIFA hakami, hozirda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatidagi eng qiyin o‘yinlarni aytib o‘tdi.

— Faoliyatingiz davomida boshqargan eng qiyin va esda qolarli o‘yin qaysi?
— Hakamlik faoliyatim davomida eng qiyin uchrashuvlar bu 2010 yilgi Jahon Chempionati yarim finalidan o‘rin olgan Niderlandiya — Urugvay va 2018 yilgi mundialdagi Xorvatiya — Argentina uchrashuvlari. Agar eng esda qolgan o‘yinni eslasam, bu albatta JCH—2010 ochilish uchrashuvi, Janubiy Afrika Respublikasi va Meksika terma jamoalari o‘rtasidagi bahs.

— Ravshan Ermatov hakamlikka qaytadimi?
— Bilasiz, davlatimiz rahbari tomonidan futbolga, umuman sportga qo‘yilayotgan talablar juda yuqori. Ayni vaqtda bizga topshirilgan mas’uliyatli vazifalarga bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etyapmiz. Shu sababli, referilikka qaytish haqida hozir o‘ylamayapman.

– Milliy terma jamoamizga Yevropadan kuchli mutaxassis olib kelish masalasiga fikringiz qanday?
– Yevropalik murabbiy masalasida ayni vaqtda gapirish noo‘rin. Chunki terma jamoamizda murabbiy bor. Agar umumiy bu mavzudagi fikrimni aytsam, murabbiyning qayerdan ekanligi muhim emas. Balki, asosiysi terma jamoaning o‘yin uslubiga qanchalik mosligini o‘rganish kerak. Murabbiyning ishga yondoshuvi va oldiga qo‘yadigan maqsadlari ahamiyatliroq.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatidagi eng qiyin uchrashuvlarni aytdi