
Foto: Reuters
Islandiyalik aktyor, “Taxtlar o‘yini” serialidagi Grigor Kligan roli ijrochisi sifatida ma’lum bo‘lgan Xaftor Byornsson 501 kgli shtangani ko‘tarib, jahon rekordi o‘rnatdi. Ushbu rekord urinish videosi YouTube’da joylashtirilgan.
Pauerlifter yangi rekordni o‘z mashg‘ulot zalida o‘rnatgan. Ushbu hodisa koronavirus sababli bekor qilingan rasmiy musobaqalarda yuz bermagani sababli, rekord tegishli tashkilotlar tomonidan tan olinishi hozircha noaniq. Avvalgi rekord 500 kgni tashkil qilib, britaniyalik Eddi Xollga tegishli bo‘lgan.
Byornsson 2 yil avval ham 472 kgli shtangani ko‘tarib, rekordchi bo‘lgan. Yaqinda u sayyoraning eng kuchli odami deb tan olingandi.
Islandiyalik AktyorTaxtlar O‘yiniJahon RekordiPauerlifterYouTube VideosiShtanga Ko‘tardi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar